SHAXSIY MA'LUMOTLARINING MAXFIYLIK SIYOSATI "BEEPUL" TO'LOV SERVISI FOYDALANUVCHILARI

"BEELAB" aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon "Operator" deb yuritiladi) siz Shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etish orqali bizga ko'rsatayotgan ishonchingizni qadrlaydi va ularni himoya qilish uchun barcha zarur texnik, tashkiliy va huquqiy choralarni ko'radi. Operator qanday Shaxsiy ma'lumotlarni qanday maqsadda to'plashini, ularni qanday qayta ishlashini va himoya qilishini bilish uchun, iltimos, "Beepul" to'lov servisi Foydalanuvchisi shaxsiy ma'lumotlarining Maxfiylik siyosatini diqqat bilan o'qib chiqing (bundan buyon "Siyosat" deb yuritiladi).

  1. Atamalar va ta'riflar
    1. "Shaxsiy ma'lumotlar operatori" yoki "Operator" - "BEELAB" aksiyadorlik jamiyati;
    2. "Rasmiy veb-sayt" - Operatorning rasmiy veb-sayti: www.beepul.uz .
    3. "Foydalanuvchi" Operator Xizmatlaridan foydalanadigan qobiliyatli jismoniy shaxs.
    4. "Shaxsiy ma’lumotlar" - "Beepul" servisidan foydalanish uchun Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lum bir shaxsga tegishli va uni aniqlash imkoniyatini beradigan ma'lumotlarni anglatadi;
    5. "Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash" - Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilish bo'yicha bitta yoki umumiy harakatlarni amalga oshirishni anglatadi.
    6. "Xizmat" - Operator tomonidan "Beepul" To'lov servisi Foydalanuvchilariga quyidagi manzilda mavjud bo'lgan Ommaviy ofertaga muvofiq ko'rsatiladigan xizmatlar: www.beepul.uz.
    7. "Beepul" To'lov servisi - Operator tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan intellektual mulk mahsuloti, hisob-kitob ishtirokchilari o'rtasida axborot va texnologik o'zaro aloqa qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, Foydalanuvchiga tovarlar va xizmatlar/yetkazib beruvchilarning ishlari uchun to'lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish, bank kartalarini boshqarish, bank kartasi orqali pul o'tkazmalarini onlayn tarzda amalga oshirish, shuningdek "Beepul" To'lov servisi funksiyasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi;
    8. "Hamkorlar" - Foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish va Xizmatlar sifatini yaxshilash jarayonida ishtirok etadigan Operator kontragentlari.
  2. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Siyosat Operator tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" gi O‘RQ-547-sonli Qonuni va "Beepul" to'lov servisi xizmatlaridan foydalanishda Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash, tizimlashtirish, ulardan foydalanish, saqlash, tarqatish va xavfsizligini ta'minlash tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
    2. Ushbu Siyosat Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va himoya qilish sohasida Operator faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilaydigan ommaviy hujjatni ifoda etadi.
    3. Ushbu Siyosat doirasida Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish paytida yoki "Beepul" to'lov servisidan foydalanish paytida o'zi to'g'risida taqdim etadigan har qanday shaxsiy ma'lumotlarni, shuningdek Operator tomonidan olingan va Foydalanuvchi va Operator o'rtasidagi shartnomalarni bajarish paytida foydalaniladigan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini anglatadi.
    4. Operator ixtiyorida bo'lgan Foydalanuvchining barcha Shaxsiy ma'lumotlari maxfiy ma'lumotlar deb hisoblanadi. Operator Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish bo'yicha ichki qoidalarni ishlab chiqqan va muntazam ravishda yangilab turadi va ularning xodimlari tomonidan qat'iy bajarilishini nazorat qiladi. Operatorning har bir xodimi o'z kasbiy vazifalarini bajarish uchun kirish huquqiga ega bo'lgan maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilmaslik to'g'risidagi bitimni imzolaydi.
    5. Ushbu Siyosat faqat "Beepul" to'lov servisiga qo‘llaniladi va Foydalanuvchi "Beepul" to'lov servisida joylashtirilgan havolalar orqali o‘tishi mumkin bo'lgan tashqi manbalar va/yoki xizmatlardan olingan veb-saytlar va ma'lumotlarga taalluqli emas. Ushbu Siyosat, shuningdek, bunday uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlanadigan Foydalanuvchi ma'lumotlarini qamrab olmaydi. Uchinchi shaxslarning axborot resurslaridan foydalanishni va ularga Shaxsiy ma'lumotlarni uzatishni boshlashdan oldin, Operator ushbu resurslarning maxfiylik siyosatini diqqat bilan o'rganishni va Shaxsiy ma'lumotlarini tarqatishda juda ehtiyot bo'lishni tavsiya qiladi.
  3. Operator haqida ma'lumot
    1. "BEELAB" AJ to'lov tashkiloti
      Manzili: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Buxoro ko'chasi, 1-uy.
      STIR: 305325864
      Bank nomi: TIF O‘MB "O'zmilliybank" AJ Sebzor operatsion BXM
      H/r: 2020 8000 5008 4870 2001
      MFO: 00450
      Operatorning internet sayti: https://www.beepul.uz .
      E-mail: https://info@beelab.uz.
      Telefon: +998903733330; +998908220999.
      O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 8-iyundagi 46-sonli litsenziyasi.
  4. Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga rozilik olish
    1. Operator Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini faqat Foydalanuvchining roziligi bilan to'playdi va qayta ishlaydi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Operator Foydalanuvchiga faqat xizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartnoma mavjud bo'lgan taqdirda xizmat ko'rsatadi, uni tuzish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.
    2. Xizmatlarni taqdim etish shartlari Operatorning Ommaviy ofertasi bilan belgilanadi. Foydalanuvchi va Operator o'rtasida shartnoma tuzish Foydalanuvchi tomonidan Operatorning Ommaviy ofertasini qabul qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
    3. Foydalanuvchi Operatorning Ommaviy ofertasini qabul qilish paytida Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash va qayta ishlashga rozilik beradi. "Beepul" to'lov servisidan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosat va unda ko'rsatilgan Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash shartlariga so'zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi "Beepul" to'lov servisidan foydalanishdan bosh tortishi kerak.
  5. To'planadigan Shaxsiy ma'lumotlar ro'yxati
    1. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va saqlash uning shaxsiy roziligi bilan amalga oshiriladi.
    2. Operator tomonidan Xizmatlarni ko'rsatish uchun to'planadigan Shaxsiy ma'lumotlar ro'yxati Foydalanuvchi tomonidan "Beepul" to'lov servisidan foydalanish uchun zarur bo'lgan minimal miqdor hisoblanadi.
    3. Ushbu Siyosat uchinchi shaxslarga tegishli bo'lgan manbalarda to'plangan ma'lumotlarga yoki Foydalanuvchi "Beepul" to'lov servisi orqali mustaqil ravishda kimgadir uzatadigan ma'lumotlarga taalluqli emas. Uchinchi shaxslarning resurslari Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha o'z siyosatiga ega bo'lishi mumkin. Operator tomonidan to'planadigan Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari ro'yxati:
      1. Foydalanuvchining Familiyasi, Ismi, Otasining Ismi;
      2. "Beepul" to'lov servisida Foydalanuvchini aniqlash uchun zarur bo'lgan pasport ma'lumotlari, Foydalanuvchining STIR yoki JShShIR ma’lumotlari;
      3. "Beepul" to'lov servisida Foydalanuvchining autentifikatsiyasi/ identifikatsiyasi/avtorizatsiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar;
      4. Foydalanuvchi biometrik ma'lumotlari;
      5. Foydalanuvchining mobil telefon raqami;
      6. Foydalanuvchining elektron pochta manzili;
      7. "Beepul" to'lov servisining Shaxsiy kabinetiga kirish uchun login va parol;
      8. ClientID;
      9. IP-manzil;
      10. Foydalanuvchi bank kartasidagi tranzaksiyalar va qoldiqlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
      11. "Beepul" to'lov servisi interfeysida Foydalanuvchi tomonidan ko'riladigan servislar to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan "Mening kartalarim", "Xizmatlar uchun to'lov", "Joylarda to'lov", "Pul o'tkazish", "To'lovlarni kuzatish", "Sozlamalar" bo'limlaridagi ma'lumotlar va kelajakda Operator tomonidan qo'shiladigan boshqa bo'limlar;
      12. Operatsiyalarni bajarish sanasi va vaqti;
      13. User-Agent;
      14. Saytda/Ilovada bajariladigan harakatlar turi, shu jumladan qidiruvdagi so'rovlar;
      15. Qurilma, model, ishlab chiqaruvchi va boshqalar haqidagi ma'lumotlar bilan xatolar haqida hisobotlar;
      16. Ushbu Siyosatda ko'rsatilgan yig'ish va qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar.
    4. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari Operator tomonidan Foydalanuvchidan qo'shimcha ma'lumot so'rash yoki ochiq manbalardan, masalan, ommaviy ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlardan, shuningdek Operator bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo'lgan Hamkorlardan ma'lumot olish orqali to'ldirilishi yoki aniqlashtirilishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarni boyitish va profillashtirish faqat ushbu Siyosatda ko'rsatilgan ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash maqsadida amalga oshiriladi.
    5. Foydalanuvchi "Beepul" to'lov servisida qo'shilgan Shaxsiy ma'lumotlarini ushbu funksiya mavjud bo'lganda "Beepul" to'lov servisida tuzatish yozuvlarini kiritish orqali o'zgartirish/tahrirlash/to'ldirish/o'chirish huquqiga ega.
    6. Operator statistik ma'lumotlar va cookies fayllaridan ular keyinchalik tizimlar tomonidan qayta ishlanishi uchun foydalanishi mumkin va tadqiqot o'tkazish, ishlarni bajarish yoki Xizmatlarni ko'rsatish uchun uchinchi tomonga uzatishi mumkin. Foydalanuvchi uning uskunasida ishlaydigan brauzer sozlamalarini o'zgartirish orqali cookies fayllarini mustaqil ravishda boshqarishi mumkin. Cookies fayllarini blokirovka qilishga olib keladigan foydalanuvchi sozlamalaridagi o'zgarishlar "Beepul" to'lov servisining alohida komponentlariga kirishni yopib qo‘yishi mumkin.
    7. Operator qonun hujjatlari va ushbu Siyosat talablariga zid bo'lgan "Beepul" to'lov servisidan foydalangan holda harakatlarni amalga oshirishga yordam beradigan shartlarni bartaraf etish uchun ba'zi ma'lumotlarni (masalan, ishlatilgan qurilmaning IP–manzili yoki modeli) qayta ishlashi mumkin.
    8. O'zi to'g'risidagi ishonchsiz Shaxsiy ma'lumotlarni yoki uchinchi shaxsning Shaxsiy ma'lumotlarini uning roziligisiz taqdim etgan Foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
  6. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash va saqlash maqsadlari
    1. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va saqlash O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilish hamda Foydalanuvchi va Operator, shuningdek Operatorning Hamkorlari o'rtasidagi bitimlar shartlarini bajarish uchun zarur.
    2. Operator faqat Foydalanuvchi va Operator o'rtasidagi kelishuvlarning o'zaro ta'siri va bajarilishi uchun zarur bo'lgan Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'playdi, qayta ishlaydi va saqlaydi, faqat qonunchilikda ba'zi Shaxsiy ma'lumotlarni majburiy ravishda olish va saqlash talab qilinadigan holatlar bundan mustasno.
    3. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va saqlash Operator tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
      1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Operatorning ichki normativ hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash;
      2. "Beepul" to'lov servisida Foydalanuvchini autentifikatsiya qilish/avtorizatsiya qilish/identifikatsiyalash;
      3. Foydalanuvchiga "Beepul" to'lov servisining barcha mavjud xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish;
      4. Foydalanuvchi bilan tuzilgan bitimlar shartlarini, shuningdek xizmatlarni ko'rsatish uchun Operator Hamkorlari bilan tuzilgan kelishuvlarni bajarish;
      5. Foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, "Beepul" to'lov servisidan Foydalanuvchi foydalanish qulayligini oshirish;
      6. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish va ular bilan aloqa qilish chog‘ida Foydalanuvchining so‘rovlari va arizalarini qayta ishlash jarayonida, shu jumladan bunday so‘rovlar va arizalarni Operatorning Hamkorlariga uzatishda ularni xabardor qilish;
      7. Foydalanuvchilar uchun turli aksiyalarni, shu jumladan Operatorning Hamkorlari bilan birgalikdagi aksiyalarni o'tkazish; reklama materiallari va Foydalanuvchining e'tiboriga yetkaziladigan boshqa axborotlarni tarqatish;
      8. Davlat organlariga fiskal hisobotlarni taqdim etish;
      9. Foydalanuvchi ma'lumotlarini shaxssizlashtirish orqali statistik va boshqa tadqiqotlarni o'tkazish;
      10. "Beepul" to'lov servisidan foydalangan holda noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam beradigan shartlarni bartaraf etish.
    4. Foydalanuvchi Operatordan o'zining Shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash bilan bog'liq ma'lumotlarni olish huquqiga ega, uchinchi shaxsga yoki boshqa Foydalanuvchiga tegishli Shaxsiy ma'lumotlar bundan mustasno. Foydalanuvchi Operatordan uning Shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning maqsadi, manbalari, usullari, ularni qayta ishlash va saqlash muddatlari to'g'risida ma'lumot olish huquqiga ega. So'rov Operatorning info@beelab.uz elektron pochtasiga ariza berish orqali amalga oshiriladi. Operatorda mavjud bo'lgan Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish ham Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari o'zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda yozma arizaga binoan amalga oshiriladi.
  7. Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddati
    1. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini saqlash muddati, agar bunday Shaxsiy ma'lumotlarning saqlash muddati O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanmagan bo'lsa, qayta ishlash maqsadiga erishish uchun zarur bo'lgan muddatlardan oshmaydi.
    2. Shaxsiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qayta ishlash maqsadlariga erishilgandan keyin yo'q qilinishi yoki shaxssizlashtirilishi lozim.
  8. Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga Foydalanuvchining roziligini bekor qilish
    1. Agar Shaxsiy ma'lumotlar to'liq bo'lmasa, ishonchsiz, eskirgan, noto'g'ri bo‘lsa yoki maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lmasa, Foydalanuvchi Operatordan Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'liq o'chirishni talab qilishga haqli.
    2. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Foydalanuvchi istalgan vaqtda Shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini bekor qilishi mumkin. Biroq, shuni inobatga olish lozimki, Xizmatlarning asosiy turlarini taqdim etish uchun Operatorga Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari kerak bo‘ladi. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash va qayta ishlashga roziligini bekor qilish, bunday holda Operator va Hamkorlarning ayrim yoki barcha turdagi xizmatlarini ko'rsatishni to'xtatishga olib kelishi mumkin.
    3. Rozilikni bekor qilish uchun Foydalanuvchi yozma ariza orqali murojaat qilishi, uni Operatorning info@beelab.uz elektron pochtasiga yuborishi zarur. Foydalanuvchi tomonidan Operator oldida bajarilmagan majburiyat yoki boshqa qonunchilik cheklovlari mavjud bo'lgan hollarda Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga rozilik bekor qilinishi mumkin emas.
    4. Foydalanuvchi Operatorga qo'shimcha Xizmat turlarini taqdim etish uchun zarur bo'lgan Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashga roziligini bekor qilishi mumkin. Bunday holda, faqat Foydalanuvchi tomonidan qaytarib olinadigan Shaxsiy ma'lumotlar bilan bog'liq Xizmatlar o'chiriladi.
  9. Shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish shartlari
    1. Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash maqsadlarini amalga oshirish uchun Operator Foydalanuvchilarning Shaxsiy ma'lumotlarini "Beepul" to'lov servisida faoliyat olib borayotgan va Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini kafolatlangan xavfsiz saqlashni ta'minlaydigan Operatorning Hamkorlariga, shu jumladan to'lovlar, o'tkazmalar (emitent banklar, ekvayyer banklar, to'lov tizimlari va boshqalar) bilan shug'ullanadigan tashkilotlarga uzatishi mumkin.
    2. Shaxsiy ma'lumotlarni Hamkorlarga uzatish uzatiladigan Shaxsiy ma'lumotlarning qonuniyligi va maxfiyligi tamoyillariga asoslanadi.
    3. Hamkor bilan tuzilgan shartnomada Operator Foydalanuvchilarning Shaxsiy ma'lumotlarini ularning roziligisiz yoki boshqa qonunchilik asoslari mavjud bo'lmasdan tarqatilishiga yo'l qo'ymaslik talablarini nazarda tutadi.
    4. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatish faqat quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
      1. Shaxsiy ma'lumotlar ushbu ma'lumot egasi bo'lgan Foydalanuvchining talabiga binoan yoki roziligi bilan oshkor qilinganda;
      2. Shaxsiy ma'lumotlar Hamkorlarga xizmatlarni ko'rsatish va Foydalanuvchi, Operator, Hamkorlar o'rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo'lgan hajmda taqdim etilganda;
    5. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa vakolatli davlat muassasalarining so'rovi bo'yicha, shuningdek O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda qonuniy asoslarda oshkor etilishi mumkin.
  10. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun Operator tomonidan ko'riladigan choralar
    1. Operator Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ushbu Siyosatga va Operatorning ichki hujjatlariga muvofiq qayta ishlash, saqlash va himoya qilish majburiyatini oladi.
    2. Operator Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini noqonuniy kirish, o'zgartirish, nusxalash, foydalanish, o'chirish, tarqatish, jamoatchilikka erishimli tarzda joylashtirish va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qiladi. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, saqlash, qayta ishlash va himoya qilish "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
    3. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlariga kirish huquqi faqat ushbu ma'lumotlar funksional vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan Operator xodimlariga beriladi. Operatorning barcha xodimlari maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilmaslik to'g'risidagi majburiyatlarni imzolaydilar, shuningdek Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish talablari buzilgan taqdirda yuzaga keladigan javobgarlik to'g'risida ogohlantiradilar. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilgan va axborot xavfsizligining xalqaro standartlariga mos keladigan Operatorning elektron bazalarida saqlanadi.
  11. Siyosatni o'zgartirish
    1. Ushbu Siyosat uning yangi tahriri chiqqunga qadar yoki Oferta shartnomasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha Oferta shartnomasini bekor qilishda ifodalangan hamkorlik tugatilgan paytgacha muddatsiz amal qiladi.
    2. Operator ushbu Siyosatga o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Siyosatning yangi tahriri Operatorning https://www.beepul.uz saytida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar Siyosatning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilmasa. Operator ushbu Siyosatning dolzarbligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni tavsiya qiladi. Siyosat o'zgarganidan keyin Operator xizmatlaridan foydalanishni davom ettirib, Foydalanuvchi kiritilgan o'zgarishlarga roziligini tasdiqlaydi.
      "Beepul" to'lov servisi Foydalanuvchisining Shaxsiy ma'lumotlari Maxfiylik siyosatining joriy versiyasi quyidagi manzilda joylashgan: https://www.beepul.uz.